2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

Arxiv foto
2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.
Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.
Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil (8,2 milliard dollar), Niderlandiya (7,922 milliard dollar), Turkiya (7 milliard dollar), Iroq (5,189 milliard dollar), Janubiy Koreya (3,611 milliard dollar), Saudiya Arabistoni (3,605 milliard dollar) va Indoneziya 3,519 (milliard dollar) joy oldi.
Markazning tushuntirishicha, roʻyxat faqat import qiluvchi davlatlar tomonidan 2024-yilda AQSH dollarida qurol va harbiy texnika sotib olish boʻyicha imzolangan tijorat shartnomalari asosida tuzilgan.
Shu yilning mart oyida Stokgolm Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti hisobotida Ukraina Hindiston, Pokiston va Fors koʻrfazi davlatlari kabi mamlakatlarni ortda qoldirib, qurol-yarogʻ va harbiy texnika importi boʻyicha dunyoda birinchi oʻringa chiqqani koʻrsatilgandi. Unga koʻra, AQSH global qurol bozoridagi ulushini oshirishda davom etgan. Uning bu bozordagi hissasi 43 foizga yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring