2024-yil 1-apreldan boshlab issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun QQS boʻyicha imtiyoz bekor qilindi
Hurmatli Toshkent aholisi!
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 28-dekabrda qabul qilingan “2024-yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ayrim xizmatlarga, shu jumladan, issiqlik taʼminoti xizmatlariga qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS)ning nol stavkasi bekor qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tegishli yangiliklarni eʼlon qildi, shuningdek, videomurojaatda tegishli tushuntirishlar berdi.
Bu nimani anglatadi?
1-apreldan boshlab isitish tizimi va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun toʻlovni amalga oshirishda qoʻshimcha qiymat soligʻining 12 foizi belgilangan tarifga qoʻshiladi. Ilgari, ushbu xizmatlarni taqdim etish uchun tovar aylanmasi nol stavka boʻyicha QQSga tortilar edi.
QQS qayerdan keladi?
QQS Davlat byudjetiga tushadi va issiqlik taʼminoti tarifining bir qismi emas.
QQS avans toʻlovlari (oldindan toʻlov)ga taʼsir qiladimi?
Taʼsir qiladi, biroq 2024-yil 1-apreldan boshlab. Bunday holda, tarifni qayta hisoblash mumkin emas. QQS tarifning bir qismi emas, balki soliq hisoblanadi, shuning uchun 1-apreldan boshlab issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun barcha toʻlovlar QQS bilan amalga oshiriladi.
Issiqlik energiyasini sotishda QQSni hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 242 va 265-moddalariga muvofiq bajariladi.
(Reklama huquqi asosida)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring