2022-yilda davlat arxivlari tomonidan salkam 42 mln soʻm miqdorida xizmatlar koʻrsatilgan
Foto: Халқ сўзи
AOKAda “Oʻzarxiv” agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizimda 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2023-yildagi ustuvor vazifalar xususida maʼlumot berildi.
“Oʻzarxiv” agentligi tizimida 2022-yil davomida jami 6 ta bino, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qanlikoʻl tumani davlat arxivi, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani davlat arxivi, Navoiy viloyati davlat arxivi, Zarafshon shahar davlat arxivi, Sirdaryo viloyati davlat arxivi, Fargʻona viloyati Soʻx tumani davlat arxivi foydalanishga topshirildi.
Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron nusxasini yaratish ishlari boʻyicha 189 810 saqlov birligidagi qogʻoz asosidagi 15 999 368 kadr , 348 saqlov birligidagi kino, 22 628 hisob birligidagi surat, 456 saqlov birligidagi ovozli hujjatlarning elektron nusxalari yaratilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi (my.archive.uz), “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi (e.archive.uz) ishga tushirilgan.
Korxona va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha 947 ta yalpi oʻrganish, 528 ta mavzuli oʻrganish ishlari olib borildi.
Korxona va tashkilotlar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha jami 1 659 ta idoraviy hujjatlar, shundan 616 ta yigʻmajildlar nomenklaturasi, 242 ta ish yuritish yoʻriqnomasi, 409 ta Markaziy ekspert komissiyasi va Ekspert komissiyasi nizomlari, 392 ta idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.
“Oʻzarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha 2022-yil davomida 290 ta nazorat tekshiruvlari oʻtkazilib, 218 ta taqdimnomalar kiritilgan, 11 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 4 ta material yuborilgan.
2022-yilning davomida Respublika arxivlariga jami 538\~826 ta mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlib, shundan 83 332 ta mavzuli, 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlarni tashkil etadi.
Davlat xizmatlari markazi va YAIDXP (onlayn) orqali jami 367 065 ta xizmatlar koʻrsatilgan, jumladan, ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish – 238 932 ta, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish – 32 419 ta, yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash – 44 994 ta, mavzuli soʻrovlarni ijro etish – 41 062 ta, mavzuli soʻrovlarni ijro etish tezlashtirilgani – 9 070 ta, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha – 588 ta soʻrovlar kelib tushgan.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 2 185 ta murojaatlar kelib tushdi hamda oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi, shundan 1 077 ta murojaat qanoatlantirildi, 918 tasiga tushuntirish berildi, 191 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotga yuborildi.
Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlar miqdori jami 41.249,5 mln. soʻm (2021-yilga nisbatan, 121%)ni tashkil etdi.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida bugunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 2 nafar rahbar va masʼul xodimlarga jiddiy ogohlantirish berilib, 72 nafar rahbar va masʼul xodimlarga intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
2022-yil davomida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 945 nafar tinglovchi malakasi oshirildi.
Arxiv oʻquvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish boʻyicha 5794 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, 55 nafar chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 55 169 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Oʻzbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917-yilgacha) boʻlgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Xalqaro hamkorlikda har yili bir qancha hamkorlik hujjatlari imzolanmoqda. Jumladan, 2022-yilda Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi, Polsha Respublikasi Milliy xotira instituti, Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti, Qirgʻiziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi bilan arxiv ishi va ish yuritish sohasida Anglashuv memorandumlari, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi bilan Bitim imzolandi.
2022-yil mobaynida “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati va tizim tashkilotlari rahbar-xodimlari tomonidan Isroil Davlati, Qozogʻiston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Janubiy Koreya va Turkiya Respublikasi kabi xorijiy davlatlarga xizmat safarlari amalga oshirildi.
Xususan, Turkiya Respublikasida Turkiya Prezidenti devoni huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Hujjatlarda Oʻzbekiston-Turkiya aloqalari” nomli kitob-albom taqdimoti oʻtkazildi. Shuningdek, “Oʻzarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning Isroil Davlatiga xizmat safari doirasida Al-Aqso masjidi kutubxonasi saqlovidagi Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziyga tegishli jami 53 ta noyob qoʻlyozma elektron nusxalari Oʻzbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring