2022-yil davomida Respublika davlat arxivlariga 83 332 ta mavzuli soʻrovlar kelib tushgan va barchasining ijrosi taʼminlangan
Foto: Xalq so‘zi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.
Shuningdek, joriy yilda Respublika arxivlariga 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrov kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 335 135 ta, pochta va elektron pochta orqali 47 113 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatida yashovchilardan kelib tushgan boʻlsa 73 246 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.
Arxiv hujjatlari asosida 346 267 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 312 628 tasi ijobiy, 33 639 tasi boʻyicha esa tegishli koʻrsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 98 453 ta ni tashkil etadi.
Oʻtgan davrda davlat arxiv oʻquvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish boʻyicha 5794 nafar Oʻzbekiston fuqarolari , 39 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 55 169 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring