2022-2025-yillarda Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, 2022-2025-yillarda Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
Strategiya mamlakatda jamoat xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha huquqiy, uslubiy, ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni oʻz ichiga olgan.
Strategiyada 6 ta istiqbolli yoʻnalish boʻyicha 96 ta sohaviy tadbirlar, uni 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da esa 30 ta aniq choralar nazarda tutilmoqda.
Choralar jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligini taʼminlash, sohani raqamlashtirish, sogʻliqni saqlash va mahallabay ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishini tashkil etish uchun ichki ishlar vaziri shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti esa Strategiyada belgilangan vazifalarning sifatli ijro etilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda har yili qoʻshma dastur va “yoʻl xarita»larini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi va ularning ijrosini muvofiqlashtiradi.
Strategiya jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha uslubiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Unda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining qonunga xilof tajovuzlardan himoyalanganlik holati sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring