2021-yilning fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

09:25 06 Oktyabr 2021 Dunyo
1575 0

Shvetsiya Qirollik akademiyasi Nobel qoʻmitasi Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjo Parizini fizikada murakkab tizimlarni oʻrganishdagi novatorlik ishi uchun taqdirladi. Bu haqda Reuters xabar berdi

Klaus Xasselman va Syukuro Manabe “Yer iqlimini fizik modellashtirish, oʻzgarishlarning miqdoriy tahlili va global isishning ishonchli prognozi”ni ishlab chiqqan. Jorjio Parizi esa “Xaos va tebranishlar fizik tizimlarda — atomdan sayyoragacha boʻlgan miqyosda qanday oʻzaro taʼsir qilishi”ni aniqlagan.

Syukuro Manabe maxshur klimatolog. Kompyuter paydo boʻlgandan beri iqlim oʻzgarishlarini moddelashtirish bilan shugʻullanadi. U bu yoʻnalishning otasi sifatida tanilgan. Klaus Xasselman ham shu sohada nom chiqargan klimatolog.

Djordjo Parizi esa, fizik nazariyotchi. Kvant maydon nazariyasi, kvant mexanikasi va murakkab tizimlar ustida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?