20-martdan Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlar boshlanadi — “Silk Avia” aviakompaniyasi

15:48 18 Mart 2025 Jamiyat
127 0

“Silk Avia” Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshlamoqda. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda parvozlar joriy yilning 20-martidan yo‘lga qo‘yiladi.

Aviaqatnovlar haftaning seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

— Toshkentdan jo‘nab ketish soat 11:20, Andijonga yetib borish soat 12:20;

— Andijondan jo‘nab ketish soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.

“Aviachiptalarni hoziroq silk-avia.com saytidan, mobil ilovadan, mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin” deyiladi rasmiy xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?