20 banddan iborat tinchlik rejasi Ukrainada referendumga qoʻyiladi — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik rejasini referendumga qoʻymoqchi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Vladimir Zelenskiy WhatsApp tarmogʻidagi sahifasi orqali jurnalistlar bilan suhbat uyushtirgan. U mazkur suhbat davomida 20 banddan iborat tinchlik rejasini avval Ukraina, AQSH, Rossiya va Yevropa tomonidan kelishib olinishi hamda imzolanishi kerakligini, keyin esa referendumga qoʻyilishini maʼlum qilgan.
Zelenskiyning taʼkidlashicha, tinchlik rejasi boʻyicha referendum oʻtkazish uchun kamida 60 kunlik sulh ham zarur boʻladi.
Ukraina rahbari Rossiya bilan tinchlik rejasi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarga tayyor, biroq faqat AQSH prezidenti Donald Tramp va Yevropa davlat va hukumat rahbarlari ushbu rejani maʼqullaganlaridan keyingina muzokara oʻtkazishi mumkin.
Bildirilishicha, Zelenskiy Qoʻshma Shtatlar rahbaridan mazkur tinchlik kelishuviga erishilgan taqdirda 50-yillik xavfsizlik kafolatlari soʻragan. Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbati chogʻida ayni paytdagi tinchlik shartnomasi loyihasi Ukraina uchun 15-yilgacha xavfsizlik kafolatlarini berishini ham qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring