2 asrlik tangalarni chet davlatga olib chiqmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postidan qadimiy tangalarni olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar qildi.
Qoʻshni davlatga yoʻl olgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganda uning qoʻl yuklari orasida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 267 dona qadimiy taqinchoq qismlari borligi aniqlandi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ashyolarning qadimiyligi va qiymatini aniqlash uchun bojxona xodimlari tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertlar xulosasiga koʻra, 39 dona osma bezak koʻrinishidagi kumush tangalar XIX asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, qolgan taqinchoq qismlari ham XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid boʻlib, madaniy boylik hisoblanadi.
Hozirda ashyoviy dalillar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan boʻlib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joiz, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, 50-yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar yurtimizdan olib chiqib ketilmaydi.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 550 million soʻmlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosining oldi olingani haqida xabar qilgan edik. Unda fuqaroda 576,8 gramm tilla va kumush taqinchoqlar borligi aniqlangan va ular ashyoviy dalil sifatida olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring