19 ta vazirlik va idoraning 33 ta nazorat funksiyalari bekor qilinadi
Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va koʻlamini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada ortiqcha nazorat funksiyalarni bekor qilishdan tortib “aqlli nazorat” modelini joriy etishgacha taklif etilgan.
Jumladan, Farmon loyihasi bilan 19 ta vazirlik va idoralarning 33 ta nazorat funksiyalarini bekor qilish, 7 ta vazirlik va idoralarning oʻziga xos boʻlmagan 14 ta nazorat funksiyalarini 8 ta masʼul tashkilotlarga oʻtkazish, shuningdek 18 ta ortiqcha nazorat funksiyalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatidan chiqarib tashlash koʻzda tutilmoqda.
Shular jumlasiga Ichki ishlar vazirligining transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini tekshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi ustidan nazorat va boshqa vakolatlar kiradi.
Shuningdek, soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining bankdagi hisob varaqlariga inkasso qoʻyish va bank operatsiyalarini toʻxtatib turish vakolati faqat sud qarori asosida amalga oshirish boʻyicha eksperiment nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring