18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qildi
Almas Rahmatullayev shaxmat boʻyicha “Titled Tuesday” turnirida toʻrt karra jahon chempioni Magnus Karlsenni magʻlub etdi. U musobaqaning kechki bosqichida 11 imkoniyatdan 8 ball toʻplab, oʻz salohiyatini koʻrsata oldi.
Rahmatullayev bir qancha kuchli shaxmatchilarni magʻlubiyatga uchratgani bilan eʼtiborga molik oʻyin koʻrsata oldi. Uning raqiblari orasida Magnus Karlsen va Arjun Eregaysi kabi kuchli shaxmatchilar bor edi.
“Titled Tuesday” turniri Chess.com saytida oʻtkaziladigan mashhur onlayn turnir hisoblanadi. Unda dunyoning turli burchaklaridan “titled”, yaʼni shaxmatda eng kamida sport ustasi unvoniga ega boʻlgan shaxmatchilar “blis” formatda raqobatlashadi. Turnirning mukofot jamgʻarmasi 1600 AQSH dollarni tashkil etadi. Birinchi oʻrin sohibiga 750 AQSH dollar beriladi.
Qayd etish kerakki, Almas Rahmatullayev garchi sovrinli oʻrinlarga kira olmagan boʻlsa-da, oʻzining salohiyatini koʻrsatib qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring