15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha Toshkent markaziy vokzalidan harakatlanib kelayotgan aksariyat poyezdlar Toshkent janubiy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
“Toʻqimachi” hamda “Toshkent yoʻlovchi” bekatlari oraligʻidagi temir yoʻlda texnik taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, “Olmaota-Toshkent-Olmaota”, “Toshkent-Novosibirsk-Toshkent” “Toshkent-Samara-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻlovchi poyezdlari hamda “Toshkent-Xojikent-Toshkent” shaharlararo poyezdlaridan tashqari, bugungi kunda Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yoʻlovchi poyezdlar, joriy yil 15-sentyabridan 15-oktyabrigacha Janubiy vokzaldan oʻz harakatini boshlaydi.
Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari, Sharq, Nasaf hamda “Toshkent-Andijon-Toshkent”, “Toshkent-Volgograd-Toshkent”, “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yoʻlovchi poyezdlari Janubiy vokzal hududidan -reyslarini amalga oshiradi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent markaziy hamda Toshkent janubiy vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tun-u kun faoliyat koʻrsatadi. Bundan tashqari chiptalarni elektron tarzda ham olish mumkin. Janubiy vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda 3 ta bir bosqichli nazorat oʻtish punktlari doimiy ravishda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, bir oy mobaynida Toshkent markaziy vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd joʻnashidan oldin chipta xarid qilgan, yoki yanglishib shimoliy vokzalga kelib qolgan yoʻlovchilarni janubiy vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar ham qoʻyiladi.
Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Toshkent markaziy temir yoʻl vokzali orqali 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi, bundan tashqari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yoʻnalishida 2 ta, “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yoʻnalishida 2 ta “Sharq” hamda “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida 2 ta “Nasaf” tezyurar poyezdlari har kuni qatnovini amalga oshiradi.
Shuningdek, “Toshkent-Volgograd-Toshkent”, “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yoʻlovchi poyezdlari ham aynan Toshkent markaziy vokzalidan harakatlanadi. Albatta, bu poyezdlar harakatlanganda Hamza stansiyasidan Toʻqimachi stansiyasi orqali Angren yoʻnalishiga, yoki ushbu yoʻnalishdan Hamza stansiyasiga boradigan yuk poyezdlari toʻxtab turar edi. Rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganidan keyin, mazkur hududdagi temir yoʻlda poyezdlarni oʻtkazuvchanligi yanada ortadi va yuk poyezdlarining toʻxtovsiz harakatlanishiga imkoniyat yaratiladi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring