15 yil davom etgan tadqiqot qanday yakunlandi yoxud koʻp baliq isteʼmol qilsangiz nima boʻladi?
Olimlar multipl skleroz (bu markaziy nerv tizimiga (miya va umurtqa pogʻonasiga) taʼsir qiluvchi autoimmun kasallik boʻlib, unda immun tizimi asab tolalarini qoplovchi miyelin pardasiga hujum qiladi – tahr.) kasalligiga chalingan bemorlar ustidan olib borilgan tadqiqotda baliq isteʼmoli kasallikning asoratlarini kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi.
Shvetsiyada 15 yil davomida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, moyli va moysiz baliqni koʻproq isteʼmol qilgan bemorlarda nogironlik darajasi sekinroq oʻsgan.
Tadqiqotda 2 ming 719 nafar bemor ishtirok etgan boʻlib, ularning ratsionlari va kasallik rivojlanishi kuzatilgan. Baliqni doimiy ravishda isteʼmol qilgan bemorlarda nogironlik xavfi 44% ga kamaygan. Baliq isteʼmolini tashxisdan keyin ham oshirganlar uchun ijobiy natijalar qayd etilgan – ularda ham asoratlar kamroq kuzatilgan.
Olimlarning fikricha, baliq tarkibidagi omega-3 yogʻ kislotalari va tavrin moddalari yalligʻlanishga qarshi va asab hujayralarini himoya qiluvchi xususiyatlarga ega. Ular multipl skleroz kasalligi bilan bogʻliq zararlarni kamaytirib, bemorlarning ahvolini yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Tadqiqotchilar baliq isteʼmolining ahamiyatini yanada chuqurroq oʻrganish zarurligini taʼkidlashmoqda. Shunga qaramasdan, dastlabki natijalar baliq ratsionini koʻpaytirish multipl skleroz davolash jarayonida qoʻshimcha foyda keltirishi mumkinligini koʻrsatyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring