1,4 mlrd soʻmdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi

18:07 09 Dekabr 2023 Jamiyat
182 0

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 mlrd. 403 mln. soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 623 ta tadbirkorlik subyekti va fuqarolarda jami 52 689 dona 886,2 mln. soʻmlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.

Xususan:

— 560 ta tadbirkorlik subyektida 39 716 dona 750,8 mln. soʻmlik;

— 63 nafar fuqaroda 12 973 dona 135,4 mln. soʻmlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 360 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qoʻyilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 46 970 quti 516,8 mln. soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:

— 77 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektidagi 20 383 quti 255,5 mln. soʻmlik;

—  283 nafar fuqarodagi 26 587 quti 261,3 mln. soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

Markirovka qoidalarni buzish Soliq kodeksining 227 prim 1–moddasiga asosan, Alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini noqonuniy amalga oshirish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 186 prim 1–moddasi hamda Jinoyat kodeksining 186 prim 1–moddasiga asosan javobgarlikka sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?