11 oy davomida oyiga qadar qancha fuqaroga pensiya tayinlanganligi maʼlum qilindi

12:22 24 Dekabr 2024 Jamiyat
377 0

Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilning 11 oyi davomida 275 401 nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlandi.

Shundan:

216 319 nafar fuqarolarga yoshga doir pensiya;

41 705 nafar fuqarolarga nogironlik pensiyasi;

17 377 ta oilaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan.

Maʼlumot uchun, 2024-yil 1-dekabr holatiga Pensiya jamgʻarmasi hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 096 500 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan avvalroq eng koʻp pensiya oluvchilar qaysi viloyatda istiqomat qilishi haqida xabar berilgan edi.

Unga koʻra, eng koʻp nafaqa oluvchilar Fargʻona viloyatida, eng kam pensionerlar esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер