100 yoshli saylovchi uyida ovoz berdi
Foto: Халқ сўзи
Samarqand davlat chet tillar instituti binosida joylashgan 67-saylov uchastkasida Samarqand shahrining Koʻksaroy va Mustaqillik mahallalarida yashovchi 2 ming 844 nafar saylovchi ovoz beradi.
Mazkur uchastkada ham ovoz berish jarayonlari aholining yuksak faolligida oʻtmoqda. Uchastka hududidagi saylovchilarning 62 nafari bemorligi, keksaligi va boshqa sabablarga koʻra, uyida ovoz berish istagini bildirgan.
Jumladan, Koʻksaroy mahallasida yashovchi 100 yoshli Narzulla bobo Qarshiyevm bugun uyida turib, Prezident saylovida qatnashdi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari koʻchma saylov qutisi bilan otaxonning xonadoniga borib, saylov byulletenini topshirdi.
- Yurtimizning ertangi kuni, nevara, evaralarim baxti uchun oʻzim eng yaxshi deb bilgan nomzodga ovoz berdim, - deydi Narzulla ota.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring