100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar beriladi. Kimga va shartlar qanday?

Foto: Illustrativ
Shavkat Mirziyoyevning “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida bir qator mexanizmlar amaliyotga joriy etilishi koʻzda tutilmoqda:
Birinchidan, bir loyiha doirasida 300 million soʻmgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million soʻm garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablagʻlari hisobidan, 200 million soʻmgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan ajratish;
Ikkinchidan, garovsiz ajratilgan 100 million soʻm doirasida mikrokreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash yoki ular boʻyicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
Uchinchidan, mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga oʻtish.
Maʼlum boʻlishicha, dastur doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi. Bunda 5-toifa uchun 12,5 foiz, 4-toifa uchun 13,5 foiz, 3-toifa uchun 14,5 foiz, 2-toifa uchun 17,0 foiz, 1-toifa uchun 18,0 foiz etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring