10 yil ichida 60 mingdan ortiq oʻzbekistonlik Ozarbayjon fuqaroligini olgan

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari Ozarbayjon davlatida ishlash, yashash va oʻz oilasini olib kelish uchun qiziqish bildira boshlagan.
Ozarbayjon statistik maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 10 yil ichida mamlakatda Ozarbayjon fuqaroligini olgan oʻzbekistonliklar soni 60 mingdan oshgan. Bu haqda “Migranto” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Ozarbayjonda tugʻilish koʻrsatkichlarining pastligi mamlakatga yanada koʻproq mehnat migrantlarini, jumladan, erkaklar va ayollarni jalb qilmoqda. Ayniqsa, sanoat va turizm sohalarida oddiy ishchi kuchiga talab yuqori darajada.
Statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, 2030-yilga borib Ozarbayjonda oʻzbek millati bir necha baravar koʻpayishi va mamlakat umumiy aholisining 3 foizini tashkil etishi mumkin, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring