1-avgustdan Silk Avia chiptalar narxini pasaytiradi
1-avgustdan 31-avgustgacha Silk Avia barcha yoʻnalishlarga chiptalar narxini pasaytiradi. Masalan, ushbu davrda Samarqandga 12 yevroga, Fargʻona yoki Namanganga 10 yevro, Buxoroga esa bor-yoʻgʻi 17 yevroga uchish mumkin boʻladi.
“Uch oylik parvozlar natijalariga koʻra, biz qulayroq jadval ishlab chiqdik, eng ommabop yoʻnalishlarni kuchaytirdik, shuningdek, chegirma aksiyasini boshladik. Nisbatan kichik samolyot parkiga qaramay, biz Oʻzbekiston aholisi va mehmonlarining ichki tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqdamiz”, — deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Aviachiptalarni 21-iyuldan boshlab aviatashuvchining rasmiy www.silk-avia.com sayti, +99855 501-22-12 aloqa markazi yoki Oʻzbekiston xalqaro aeroportlari kassalarida arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Silk Avia uchta tarifga ega. ODDIY tarifida faqat 5 kg qoʻl yuki taqdim etiladi — yuklat maxsus oʻlchamga mos kelishi kerak — 40sm x 30sm x 20sm. OSON tarifi ham qaytarilmaydigan, lekin qayta bron qilish va 10 kg gacha qoʻshimcha bagaj olish imkoniyati mavjud. OMAD tarifiga 20 kg gacha yuk, qayta bron qilish va chiptani qaytarish kiradi.
Ilgari amalda boʻlgan jadval boʻyicha parvozlar uchun chipta sotib olgan yoʻlovchilar oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va ularga bepul qayta bron qilish yoki toʻlovni toʻliq qaytarish taklif etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring