Nurotada 200 gektar yerda yongʻoqzor barpo etiladi
Foto: Xalq so‘zi
Qadim Nurotadan sharqqa qarab yoʻl olgan kishi bugun bir-biriga tutashib ketgan intensiv bogʻlar va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinzorlariga duch keladi. Holbuki, ushbu kengliklar yaqin-yaqingacha qaqragan, biror yuz yillar ketmon tegmagan taqir yerlar edi.
Nurota togʻ tizmalarining Oqtov va Qoratogʻ oraligʻidagi ushbu unumdor yerlarda bugun Navoiy viloyatining bir qator yirik sanoat korxonalari oʻzlarining yordamchi xoʻjaliklariga asos solishgan. Shuningdek, qoʻshni Samarqand va mamlakatimizning boshqa viloyatlaridan tadbirkorlar sarmoya kiritib, serhosil bogʻlar yaratmoqda. Oʻtgan yili esa “FHH GARDEN FLOWER” MCHJ tomonidan 2,5 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya yoʻnaltirilib, 500 gektar yer maydonida lavandazor barpo etishga kirishildi.

Yaqinda “ANGORA AGRO INDUSTRIAL” MCHJ asoschisi boʻlgan turkiyalik investorning 500 ming AQSH dollari miqdorida sarmoya yoʻnaltirib, yupqa poʻchoqli, oq magʻizli yongʻoqzor barpo etish tashabbusi Nurota tumani hokimligi tomonidan maʼqullandi.
— Ushbu bogʻ uchun yer tanlashda qariyb 1,5 ming gektar yerdagi tuproq holatini oʻrgandik, — deydi turk investori Musayid Fatin. — Shu asosda 200 gektar yer tanlanib, ayni mavsumda mazkur yer maydoniga 50 ming tup yongʻoq koʻchati ekishni rejalashtirganmiz.
Darvoqe, bogʻda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi qoʻllanishi hududning suv resurslariga aytarli taʼsir oʻtkazmaydi.
Temur ESHBOYEV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring