JSST: Nomaʼlum virusga qarshi kurashishni hozirdan boshlash zarur
Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xulosasiga koʻra, insoniyat yaqin kelajakda yana bir pandemiya bilan yuzlashishi ehtimoli juda yuqori. Yangi virus qanday paydo boʻlishi va uning oldini olish choralari Jenevada boʻlib oʻtgan konferensiyada muhokama etildi.
Aslida, COVID-19 epidemiyasi barchamiz uchun saboq boʻlishi kerak. Toʻgʻri, hozir koronavirus bilan kurashish tajribasiga egamiz. Ammo qurbonlar koʻp boʻldi va hozir ham kasallik minglab bemorlar oʻlimiga sabab boʻlmoqda.
Mutaxassislar fikricha, hademay boshqa patogenlar ham maydonga chiqishi mumkin. Atrof-muhitdagi oʻzgarishlar, ekologik muammolar hamda biologik qurollanish avj olishi muammo omili sifatida baholanyapti.
Shu bois JSST ekspertlari “X” xastaligiga hozirdanoq tayyorgarlik boshlanishi kerak, degan fikrda. Chunki nomaʼlum virusning istalgan paytda paydo boʻlish xavfi mavjud.
Birinchi taxminga koʻra, yangi infeksiya xuddi maymun chechagi yoki parranda grippi singari hayvonlarda uchrovchi viruslarning mutatsiyaga uchrashi oqibatida yuzaga keladi.
Yana bir ehtimol ham bor: “X” kasalligi allaqachon mavjud bakterial infeksiya boʻlishi ham mumkin. Negaki, olimlar soʻnggi vaqtlarda bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi oshib borayotganidan jiddiy xavotirda. Har yili dunyo boʻyicha 5 million nafarga yaqin kishi ayni shu omil tufayli hayotdan koʻz yumayotgani buning tasdigʻi va koʻrsatkichlar yil sayin oʻsmoqda.
Xoʻsh, qanday yoʻl tutish maqsadga muvofiq?
JSST barcha potensial xavfli patogenlar uchun virusga qarshi preparatlarni hozirdan yarata boshlashni taklif qilmoqda. Klinik sinovlarga imkon qadar tezroq kirishilsa, epidemiya paytida sinovlarning ikkinchi bosqichi uchun ixtiyorimizda dorilar mavjud boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring