Chirchiqda fuqaroning uyini sotib yuborgan sobiq notarius va uning sheriklari aniqlandi

09:30 07 May 2022 Jamiyat
798 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.Ch. Qibray tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi lavozimida ishlagan davrida fuqaro S.G. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida majburiy davolanayotgan fuqaro V.ning Chirchiq shahri, 1-kichik tumanida joylashgan xonadonini 15.11.2019-yilda hujjatlarni soxtalashtirish yoʻli bilan sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер