Davlat rahbari Olimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlimlarini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

Prezidentimiz olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish, seleksiya tizimini takomillashtirish boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Los-Anjelesdagi yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Olimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlimlarini tashkil etish tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasiga Prezident rahbar boʻlganidek, hududiy boʻlimlarga viloyat hokimlari boshchilik qiladi.
Hokimlar har bir federatsiya bilan ishlab, olimpiya sikli uchun maxsus strategiyasini ishlab chiqadi va Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida himoya qiladi.
Barcha sport federatsiyalari rahbarlari va viloyat hokimlari amalga oshirayotgan ishlari va erishgan natijalari haqida har oyda Olimpiya qoʻmitasida hisobot beradi.
Sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun zarur sharoit va infratuzilmaga 300 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Bu yilning oʻzida kamida 10 nafardan sportchi va murabbiylarni eng nufuzli xorijiy sport akademiyalarida oʻqitish muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring