Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi — Shavkat Mirziyoyev
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/06/c1f158ba69b9133a55d53ad5d1fb8f8c0506.jpg)
Foto: president.uz
Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish boʻyicha yigʻilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida oʻtgan besh yilda:
— 465 million dollarlik investitsiyalar oʻzlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;
— ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion soʻmdan 17 trillion soʻmga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;
— tarmoqda ish oʻrinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga yetgani taʼkidlandi.
«Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026-yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz.
Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni oʻzimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish zarur», dedi Prezident.
Buning uchun “taʼlim – innovatsiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini oʻz ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring