Xalqaro ekspertlar: Dunyoda pandemiyaning yangi toʻlqini boshlanishi mumkin
![](https://xs.uz/upload/post/2022/5/06/3e0a5edeb3991bdfb416924b6b09dd740506.jpg)
Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti eʼtiborini tortgan «omikron»ning uchta yangi varianti dunyoda kasallanishlar soni yana ortishiga sabab boʻlishi mumkin.
Janubiy Afrika mintaqasida paydo boʻlgan BA.4, BA.5 versiyalari hamda oʻchogʻi AQSHning Nyu-York shahri hisoblangan BA.2.12.1 mutatsiyasi shular jumlasidan.
Xususan, ayni paytda BA.2.12.1 subvarianti butun Qoʻshma Shtatlar boʻylab shiddat bilan tarqalmoqda. Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlarida u allaqachon dominant versiyaga aylanib ulgurgan.
Mutaxassislar fikricha, ushbu mutatsiya turi boshqa mamlakatlarga tarqaladimi, yoʻqmi, buni vaqt koʻrsatadi. Xuddi shunday BA.4 va BA.5 subvariantlari haqida ham xotirjam xulosa chiqarish qiyin.
Xitoyning Chanping laboratoriyasi olimlari olib borgan tadqiqotga koʻra, har uchala yangi variant boshqa mutatsiyalarga nisbatan antitanachalarga osonroq “chap berish” xususiyatiga ega.
Shu bois, faqat ommaviy immunitetni shakllantirish orqali kasallik keng tarqalib ketishining oldini olish ancha murakkab jarayonga aylanishi mumkin. Bu esa dunyoda pandemiyaning yangi toʻlqini boshlanishi ehtimoli mavjudligini tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring