Prezident saylovi: saylov kampaniyasi boshlandi
![](https://xs.uz/upload/post/2021/07/23/1548043903e7018a5b0fe9a7f3757b590723.jpg)
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda yirik siyosiy jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi.
Tadbirda siyosiy partiyalar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etyapti.
Unda Markaziy saylov komissiyasi 2021-yilning 24-oktyabr sanasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilandi.
Saylov kampaniyasi 23-iyuldan boshlanishi eʼlon qilindi.
Prezident saylovi shu yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga muvofiq, oktyabr oyida boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxojayev Prezident saylovi yangilangan milliy saylov qonunchiligi, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora oʻtkazilishini alohida qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring