Samarqandda 7000 dollar evaziga OTMga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan xususiy oʻquv markazi rahbari ushlandi

18:24 28 Iyun 2021 Jamiyat
858 0

26-iyun kuni viloyat IIBga R.Sh. va M.M.lar ariza bilan murojaat qilib, unda Oqdaryo tumanida yashovchi «Xasan» va “Akmal” ismli shaxslar R.Sh.ni Toshkent tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kiritishini aytib, evaziga 7000 AQSH dollari berishni talab qilganligini maʼlum qilgan. U oʻz arizasida ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Ichki ishlar vazirligi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Samarqand shahridagi xususiy oʻquv markazi rahbari B.A. xizmat xonasida ariza muallifi R.Sh. va M.M.lardan 7000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Koʻrilgan choralar natijasida uning jinoiy sherigi E.X. qoʻlga olindi.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan 26-iyun kuni Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер