Toshkentda velosipedni mast holatda boshqarganlar jarimaga tortildi

00:01 26 Iyun 2021 Jamiyat
881 0

Bu haqda Toshkent shahar IIBB maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 23-iyun kuni Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasida Toshkent shahar IIBB YHXB yoʻl-patrul xizmati xodimi velosipedchi — 1983-yilda tugʻilgan Zinat M.ni toʻxtatdi. Tekshiruv davomida fuqaro mast ekanligi aniqlandi.

Shu kunning oʻzida Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi Ziyolilar koʻchasida xizmat olib borgan YHXB YPX xodimlari yoʻl harakati ishtirokchilariga xalaqit berayotgan velosipedchiga eʼtibor qaratishdi. Velosipedchi 1974-yilda tugʻilgan Andrey K. mast ekanligi maʼlum boʻldi. Keyinroq Mustaqillik shox koʻchasida Toshkent shahar IIBB xodimlari 1970-yilda tugʻilgan Anri K.ni mast holatda velosiped boshqarayotganini aniqlashdi.

Yashnobod tumani Fargʻona yoʻlida YPX inspektorlari 1980-yilda tugʻilgan Yuriy I. mast holatda velosiped boshqarayotganini aniqlashdi. Barcha qoidabuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер