RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi

Foto: ravon2.ru
Oʻzbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil avgust oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qoʻmitasining yangi hisobotida qayd qilingan.
Hisobotda qayd qilinishicha, eng koʻp sotilgan yangi yengil avtomashinalar asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, 2018 yil avgust oyida avtomobillar savdosining 11,0 foizga oʻsishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 14 644 dona avtomobil koʻproq sotilgan, jami 147 388tani tashkil etilgan. Umuman, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami Rossiya bozorida jami 1 140 061 dona avtomobil sotilgan.
Biroq Oʻzbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida oʻz oʻrnini yoʻqotishda davom etmoqda. Korxona ketma-ket uchinchi oydirki umuman avtomobil sota olmay kelmoqda. Oʻtgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 518 dona avtomobil sotishga muvaffaq boʻlgan va bu borada Rossiya bozorida kuchli 20talikka kira olgandi, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.
Taqqoslash uchun, iyun oyida Rossiya bozorlarida Lada 28 683, KIA 18 857, Hyundai 13 993 dona avtomobillarini sotishga muvaffaq boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, RAVON iyun va iyul oyida ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmagandi. Shunga qaramay, kompaniya iyul oyi soʻnggida Rossiya bozori uchun chiqarilgan avtomobillari narxini keskin oshirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Izohlar
Россияда сота олмаслиги тайин. Чунки Россияда рақобат бор. Ўзбекистонда автосаноат монопол булиб олган. Машиналарини танлаш имконини қолдирмаган ҳолда, бунинг устига нархини ошириб ўтказаяпти. Чунки улар бундай ишларни фақат ўзимизникиларга қилади
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring