Hokim oʻrinbosarlari rotatsiya qilindi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Namangan va Sirdaryo viloyati hokimliklari oʻrtasidagi oʻzaro memorandum asosida tuman (shahar)lar hokimlari oʻrinbosarlari darajasida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan kadrlarni muddatli rotatsiya qilish mexanizmini joriy etish vazifasi belgilab berilgan edi.
Ayni vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, Mingbuloq tumani hokimining oʻrinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Shuhrat Toshqinbayevich Umaraliyev Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi oʻrinbosari - tuman investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimiga rotatsiya asosida tayinlandi.
Oʻz navbatida Sayxunobod tumani hokimi oʻrinbosari - tuman investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Ziyadulla Danabayevich Karimov oʻz faoliyatini Mingbuloqda rotatsiya asosida davom ettiradigan boʻldi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Oʻzbekiston Oliy Majlisining Arab parlamenti bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring