Idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.
Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:
- oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqoʻm shugʻullanadi;
- oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;
- qoʻmita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlashtiradi.
Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaliyoti bekor qilinadi.
Sertifikat olish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxatini keskin qisqartirib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyoti joriy qilinadi.
Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida mamlakatimizda tan olinadigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi, ular import qilinayotganda milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.
“Bir soʻz bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan”, dedi prezident.
Mutasaddilarga “Bozor nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Umuman, sinov va sertifikatlashtirish boʻyicha davlat laboratoriyalari xususiy sektorga investitsiya kiritish sharti bilan berilsa, sohada sifat va raqobat boʻlishi, xizmat narxi tushishi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring