Oʻzbekiston Oliy Majlisining Arab parlamenti bilan hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Arab parlamenti Raisi Muhammad Ahmad Al-Yamah bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston parlamentining arab davlatlari parlamentlari bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish, avvalo, qonun ijodkorligi, parlament nazorati, parlamentlarning qoʻmitalari oʻrtasida muntazam muloqotni faollashtirish va oʻzaro tashriflarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ayol yetakchilar uchun alohida forum oʻtkazish, Oʻzbekiston Oliy Majlisi va Arab parlamenti oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolash, doʻstlik guruhini tashkil etish hamda ijtimoiy sohada loyihalarni amalga oshirish maqsadida birgalikda ishlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring