Katta Fargʻona kanalida oqib ketib, hamon topilmagan yigit sevgan qizidan arazlab, oʻz joniga qasd qilganmidi?!

15:25 10 Yanvar 2021 Jamiyat
2004 0

Qariyb yigirma kundirki, Fargʻona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Boʻtqachi qishlogʻida yashovchi Ergashevlar xonadonida tinchlik yoʻq. Boisi xonadonning voyaga yetmagan farzandi Abdulaziz Katta Fargʻona kanalida oqib ketib, hamon topilmabti.

— Oʻtgan vaqt mobaynida mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi idrolar hamkorligida suv sathi 1–1,5 metrgacha pasaytirilib, viloyatning Yozyovondan Beshariq tumanigacha boʻlgan hududida qidiruv ishlari olib borilmoqda, — deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov.

Baʼzi taxminlarga qaraganda, Abdulaziz maʼlum muddat ahdu paymon qilib yurgan yaxshi koʻrgan qizidan xafa boʻlib oʻz joniga qasd qilgan boʻlishi ham mumkin. Ammo hozircha bu borada aniq bir xulosaga kelingani yoʻq.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida Boʻtqachi qishlogʻi va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yigʻini ahli ham faol ishtirok etmoqda.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер