Buxorodagi norozi aholi mash-mashasi: 5,6 ming kishi istiqomat qilayotgan mahallada gaz bosimi pasaygani aniqlandi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda gaz yoʻqligidan norozi aholi mashina yoʻlini toʻsib qoʻyib, katta koʻchalarga chiqib ketayotganligi aytilmoqda” degan izoh ostidagi videomateriallar tarqalayotgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani hokimligi quyidagilarni maʼlum qildi:
Oʻrganishlar jarayonida videomaterial Buxoro tumanidagi “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yigʻinida tasvirga olinganligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, 949 ta xonadonda 5 ming 610 nafar kishi istiqomat qilayotgan “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yigʻinida ayni paytda tabiiy gaz bosimi pasaygan. Mutaxassislar buni ob-havoning keskin tushib ketishi natijasida gaz isteʼmoli koʻpayishi va oqibatda hudud aholisining aksariyat xonadonlarida tabiiy gaz bosimida muammolar paydo boʻlganligi bilan izohlashmoqda.
Shuningdek, dastlabki oʻrganishlar jarayonida mahalladagi gaz maromlash punktining soz holatda ekanligi aytilmoqda. Hozirda gaz bosimi bilan bogʻliq muammoni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Bu borada batafsil axborot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring