Parkent tumani Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi mansabdor shaxslarining kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Unda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi Parkent tuman filiali mansabdor shaxslari tomonidan karantin qoidalarini buzgan 86 nafar fuqaroning qilmishiga yarasha jarima tayinlamaslik, qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida rasmiylashtirish orqali 397,6 mln soʻmlik davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring