“Oʻzekspomarkaz”ni ishga tushirish uchun tibbiyot xodimlari ishga taklif qilinmoqda. Ish haqi 15 mln.dan 5 mln.gacha

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz”da koronavirus xastaligiga gumon qilinayotgan bemorlarni tekshiruv va tahlildan oʻtkazish uchun maxsus 500 oʻrinli Taqsimlash markazi tashkil etildi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur yangi quvvatni ishga tushirish uchun tibbiyot xodimlari ishga jalb qilinadi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:
- vrachlarga 15 000 000 soʻm;
- hamshiralarga 10 000 000 soʻm;
- kichik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 soʻm;
- koʻngillilarga 5 000 000 soʻm
kunlik tartibda ish haqi toʻlanadi.
Ish vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqti koʻzda tutilgan.
Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlanish toʻliq tashkil qilingani holda, maoshlari har kuni toʻlab boriladi.
Murojaat uchun: 71 210 02 02, 71 210 02 31", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring