“Mahalla”dan keyin “Oilaviy” telekanali ham COVID-19ga qarshi targʻibotga ixtisoslashtirildi

MTRK tizimidagi “Mahalla” telekanalidan soʻng “Oilaviy” telekanali ham koronavirusga qarshi targʻibotga ixtisoslashtirilgan telekanallar safiga qoʻshildi.
Joriy yilning 20-iyulidan eʼtiboran mamlakat aholisini, jumladan, olis aholi punktlarini raqamli signal bilan toʻliq qamrab oluvchi va dunyoning 24 davlatida sunʼiy yoʻldosh orqali namoyish etiladigan “OILAVIY” telekanalida har kuni soat 10.00dan boshlab “COVID-19: DOLZARB SAVOLLAR” dasturi toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatila boshlandi. Malakali mutaxassislar, mutasaddilar hamda SSV Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzolari jonli efirda bugunning dolzarb mavzusi – koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq istalgan savollarga bevosita javob beradi. Telegramdagi @mtrk_COVID_19 manziliga savol yoʻllash imkoni mavjud. Shuningdek, jonli efir paytida tomoshabinlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan 71-214-13-72, 71-214-14-40 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin. Hech bir savol eʼtiborsiz qoldirilmaydi.
“Oilaviy” telekanali eʼlonlarini kuzatib boring, yangiliklar va zarur tafsilotlardan muntazam xabardor boʻling.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring