“Yashil” toifada ham ayrim cheklovlar saqlab qolinadi. Karantinga oid yangi taqiqlar eʼlon qilindi

23:16 09 May 2020 Jamiyat
1421 0

arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti eʼlon qilindi.

Unga koʻra, tuman va shaharlarda ularning toifasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun amalga oshirilishi nazarda tutilgan faoliyat turlariga ruxsat beriladi.

Muayyan tuman (shahar) “qizil” toifaga oʻtkazilganda, tegishli hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar) toifasidan qatʼi nazar ushbu tuman (shahar)da “qizil” toifa uchun nazarda tutilgan barcha karantin cheklovlari toʻliq joriy etiladi.

“Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi;

bunda ushbu majmualarning attraksion, koʻngilochar, ovqatlanish boʻlinmalari, kinoteatr va oʻyin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashishga hamda sartaroshxona (goʻzallik salonlari) faoliyat yuritishiga faqatgina Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida “yashil” va “sariq” toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayyan hudud “qizil” toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (shahar)lar “sariq” va “yashil” toifalarga kirgan taqdirda, ushbu tuman (shaharlar)da yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchi tashishga hamda sartaroshxona (goʻzallik salonlari) faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер