Koronavirusdan xoli hududga aylangan Navoiyda bugun 6 kishida kasallik aniqlandi

Mamlakatimizda qator viloyatlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar kundan kunga sogʻayib bormoqda.
Jumladan, ayni paytda Surxondaryoda 6 nafar, Andijonda 8 nafar, Sirdaryoda esa 11 nafar bemor davolash muolajasini olmoqda. Davolanish koʻrsatkichi 79 foizga yetdi.
Bundan avval koronavirusdan xoli hudud hisoblangan Navoiy viloyatida bugun oltita holatda ushbu kasallik qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, Navoiy viloyati 4-may kuni koronavirusdan xoli (“yashil”) hududga aylangan edi — viloyatda koronavirusga chalingani aniqlangan ikki bemorning soʻnggisi shu kuni reabilitatsiyaga kuzatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring