Sogʻliqni saqlash vazirligi: Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan 7 nafari sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi (Foto)

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Koronavirus pandemiyasi dunyo boʻylab tahdid solib turgan bir paytda, yurtimizda ushbu infeksiya tarqalishining oldini olish borasida tezkor va qatʼiy choralar koʻrilmoqda. Jumladan, tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sogʻayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda kurashmoqdalar.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Quvonarli jihati, fidoyi va vatanparvar shifokorlarimiz saʼy-harakati tufayli yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizningdastlabki 7 nafari butunlay sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qoʻyildi. Kasallikdan xalos boʻlgan fuqarolarimiz maʼlum muddat shu yerda karantinda boʻlishadi.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Maʼlumki, davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari oldiga koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolishni asosiy vazifalardan biri sifatida qoʻygan edilar. Ushbu daʼvatdan ruhlanib, bor tajriba va mahoratlarini ishga solishgan shifokorlarimiz fidoyiligi bir guruh bemorlarimizning sogʻayishini taʼminladi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Xastalikdan forigʻ boʻlgan bemorlarimizning ham quvonchi cheksiz. Ular Prezidentimizga, fidoyi shifokorlarimiz, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yordam berayotgan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildirishmoqda, duo qilishmoqda. Ushbu quvonch koʻz yoshlari ayni paytda infeksiya tarqalib ketishining oldini olishda kecha-yu kunduz tinmay mehnat qilayotgan barcha insonlar faoliyatiga munosib baho, munosib ehtiromdir.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Eng muhimi, soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash sohasi rivojiga bevosita Prezidentimiz tashabbusi bilan alohida eʼtibor qaratilgani koronavirus balosiga qarshi samarali kurashish uchun zamin yaratdi. Endilikda esa yurtimizning barcha hududlarida maxsus shifoxonalarning jadallik bilan qurilayotgani, zarur tibbiy uskunalar, jumladan, 300 mingta ekspress-test hamda 500 ta sunʼiy nafas oldirish apparatlarini xarid qilish choralarining koʻrilayotgani shifokorlarimiz faoliyati samaradorligini yana-da oshirishi shubhasiz. Bu esa ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarimizning sogʻayib ketishlarida muhim ahamiyatga ega.
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha Prezidentimiz rahbarligida barcha resurslar ishga solinib, zarur va qatʼiy choralar amalga oshirilayotgan bir paytda fuqarolarimiz ham ushbu jarayonga masʼuliyat bilan qarashlarini, xastalik alomatlari sezilganda, yashirmasdan zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz. Bu bilan nafaqat koronavirus infeksiyasining dahshatli oqibatlaridan oʻz sogʻlingizni himoya qilasiz, balki oilangiz, yaqinlaringiz va butun jamiyat uchun ham yaxshilik qilgan boʻlasiz.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring