Fargʻonalik tadbirkor tuyaqush terisidan oyoqni davolaydigan poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Fargʻonadagi “Straus farm” korxonasi ish boshqaruvchisi Hasanboy Ahmadjonov tuyaqush terisidan oyoq kiyim ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi ekanligini aytdi. U bu rejasi haqida Fargʻona shahrida boʻlib oʻtayotgan investitsiyaviy forumda aytib oʻtdi. U Oʻzbekistonga tuyaqushni olib kirgan ikkinchi insondir.
Hasanboy akaning fermasi Markaziy Osiyodagi eng kattasi hisoblanib, u yerda 250 bosh tuyaqush parvarish qilinmoqda. Qushlarni ularning oʻzlari koʻpaytirishi barobarida tashqaridan ham olib kelishadi.
Aynan forum doirasidagi koʻrgazmada Fargʻona va Toshkent fabrikalarida tuyaqush terisidan tikilgan poyabzallarni namoyish qilindi.
“Keyingi yil terini qayta ishlash uskunalarini olib kelib, poyabzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqdamiz, - dedi u. - Afzalligi - sof tabiiy charm boʻlgani uchun oyoqqa juda foydali, uni davolaydi. Bunday poyabzalda oyoq terlamaydi”.
Bundan oldin Fargʻonada mashhur “sgushyonka”(quyultirilgan sut) ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring