CNN: Tramp Venesueladagi narkolaboratoriyalarga zarba berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

13:03 25 Oktyabr 2025 Dunyo
372 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelada kokainga ishlov beriladigan narkotik laboratoriyalariga hujum uyushtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Shuningdek, u mamlakatdagi giyohvand moddalar savdosining logistika tarmoqlariga zarba berish rejasini ham muhokama qilmoqda, deb xabar berdi CNN.

Manbaga koʻra, AQSH rahbari hozircha bu rejalarni amalga oshirish kerakmi-yoʻqmi, degan masalada yakuniy qarorga kelmagan.

Shu bilan birga, Tramp diplomatik yoʻl orqali Venesuela bilan muzokaralar olib borish va shu tariqa Shimoliy Amerikaga narkotik oqimini toʻxtatish imkonini ham istisno etmayapti.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pentagon Karib dengiziga aviatashuvchi zarba guruhini yuborgani maʼlum qilingan edi. AQSH harbiy floti mazkur hududda giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurash operatsiyalarida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?