Oʻzbekistonliklar BAAga taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilinishi mumkin
Illyustrativ foto
Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyasi Oʻzbekistondan malakali haydovchilarni ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Taxi Company PJSC” korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan muzokara oʻtkazgan. Uchrashuv Oʻzbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda munosib ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilingan.
Sayid Amin Abdulrahman, Oʻzbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qoʻllab-quvvatlashga, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirgan.
“Dastlabki bosqichda korxonamizga 200 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori boʻlsa, yana qoʻshimcha ravishda 500 ga yaqin oʻzbekistonlik taksi haydovchilarini ishga jalb qilish mumkin”, degan u.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Mehnat agentligi va “Dubai Taxi Company PJSC” korxonasi vakillari oʻrtasida ushbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring