Qozogʻistondan 4 nafar bola Vatanga qaytarildi

18:38 19 Oktyabr 2025 Jamiyat
277 0

Illyustrativ foto

Qozogʻistonda qarovsiz qolib ketgan 4 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda yana 4 nafar voyaga yetmagan bola Nukus shahriga olib kelingan. Ular dastlab tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, psixologik yordam koʻrsatiladi.

Qayd etilishicha, agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi bolalarni keyinchalik oilaviy bolalar uylariga joylashtirishni rejalashtirmoqda.

“Bu chora-tadbirlar ularning barqaror ijtimoiy moslashuvi va munosib sharoitda ulgʻayishini taʼminlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер