Toshkentda talaba yigit balkondan tushib ketish xavfida boʻlgan bolani qutqarib qoldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida 4-qavat balkonidan tushib ketishi mumkin boʻlgan bola aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlardan koʻrish mumkinki, 4-qavat balkonidan tushib ketish xavfi ostida boʻlgan bola 5-qavatda yashovchi talaba yigit tomonidan qutqarib qolingan. Talaba yigit 5-qavatdan 4-qavatning balkoniga hech qanday himoya vositalarisiz tushib, Bolani xavfsiz hududga olib oʻtgan.
Talaba yigitning taʼkidlashicha, u 5-qavatdan 4-qavat balkoniga tushganida bir nafar emas, uch nafar bola boʻlganini koʻrgan va ularning barchasini xavfsiz xonaga olib oʻtgan.
Toshkent shahar IIBBning maʼlum qilishicha, mahalla profilaktika inspektori tomonidan bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring