Samarqand shahrida MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi oʻtkaziladi

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi oʻz ishini boshlaydi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Uchrashuvga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B.Qurbonov raislik qiladi.
Tadbirda ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari razvedka xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha galdagi vazifalarni muhokama qiladi.
Maʼlumot uchun, tadbir oʻtkaziladigan joy va kun tartibi 2024-yil 26-noyabr kuni Moskva shahrida boʻlib oʻtgan 20-yubiley majlisda belgilab olingandi. Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring