Andijonda tadbirkorlar tomonidan 336 million soʻmlik “svet” va gaz oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida YATT “M.O.” “Qumguzar” MFY hududidagi hammomida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 169,4 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Andijon shahri boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “F.H.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari mehmonxona binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 166,7 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring