Vazir jasorat koʻrsatgan talabani taqdirladi
Foto: Oliy taʼlim vazirligi
Yangi hayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 18-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Muhriddin Ilashovga uning mardligi va fidoyiligini eʼtirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻasini topshirgan.
Vazir yosh qahramonning bu ishi nafaqat oʻzi taʼlim olayotgan institut, balki barcha yoshlar uchun ibrat boʻlishini taʼkidlab, yoshlarda insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuygʻularini yanada mustahkamlash muhimligini qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, 16-oktabr kuni Yangihayot tumanida TKTI talabasi Muhriddin Ilashov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani jasorat bilan qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.
Talaba yigitning taʼkidlashicha, u 5-qavatdan 4-qavat balkoniga tushganida bir nafar emas, uch nafar bola boʻlganini koʻrgan va ularning barchasini xavfsiz xonaga olib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring