Turkiya safarda 6 ta gol urdi, Holand Isroilni ayab oʻtirmadi

Kecha, 11-oktyabr kuni Yevropa yashil maydonlarida 2026-yilgi Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Ayrim muhim bahslarga toʻxtalib oʻtamiz.
Turkiyadan yirik gʻalaba
“E” guruhida 2-oʻrin uchun asosiy daʼvogar sifatida eʼtirof etilayotgan Turkiya terma jamoasi 3-turni Sofiya shahrida Bolgariya terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Oʻtgan tur Vinchenso Montella shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan va bu holat OAVda jiddiy mulohazalarga sabab boʻlgandi. Bu turda esa Turkiya termasining oʻzi 6 ta gol kiritishni uddaladi.
Uchrashuvda hisob Arda Guler tomonidan ochildi. 11-daqiqada “Real Madrid“ futbolchisi Bolgariya darvozasini ishgʻol etdi. Oradan 2 daqiqa oʻtib, mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Kiritilgan golga “Levski Sofiya“ jamoasi futbolchisi Radoslav Kirilov mualliflik qildi. Birinchi boʻlim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 49-daqiqasida mezbonlar aʼzosi Viktor Popov oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 51 va 56-daqiqalarda “Yuventus“ aʼzosi Kenan Yildiz 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
65-daqiqada Zeki Chelik hisobni 5:1 koʻrinishiga keltirdi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Irfan Qavechi bahsdagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 1:6 Turkiya foydasiga.
Bolgariya — Turkiya 1:6
Gollar: Kirilov (13) — Guler (11), Popov (avt. 49), Yildiz (51, 56), Chelik (65), Qavechi (90+3)
Bolgariya: Mitov, Popov (Turitsov, 63), Xristov, Bojinov, Petrov, Petkov (Dimitrov, 64), Stayanov, Krayov, Kirilov (Petkov, 73), Chochayev (Krasev, 72), Despodov (Minchev, 64).
Turkiya: Chaqir, Chelik, Demiral, Bardakchi, Qadioʻgʻlu, Chalhanogʻlu (Oʻzjan, 63), Koʻkchu, Aydin, Guler (Uzun, 69), Yildiz (Qavechi, 63), Akturogʻli.
Holand Isroilni ayab oʻtirmadi
2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini juda ishonchli oʻtkazayotgan Norvegiya terma jamoasining Isroilga qarshi oʻyini atrofida sport nuqtayi nazaridan hech qanday intriga yoʻq edi. Ammo oʻyingacha boʻlgan holatlar hammaning eʼtiborini tortdi.
Ushbu oʻyin tashkil etilishidan 2 hafta oldin UYEFA Isroil terma jamoasi va klublarini oʻz musobaqalaridan chetlatish boʻyicha qaror qabul qilmoqchi boʻldi. Lekin yakunda negadir Isroilni chetlatish masalasi yana ortga surildi. Shu tariqa oʻyin oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
Oldingi 5 ta oʻyinda 100 foizlik natija qayd etgan Norvegiya bu safar ham raqibini katta hisobda magʻlub etdi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Anan Halayli oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Oradan 9 daqiqa oʻtib, Erling Xoland bahsdagi dastlabki golini kiritdi. 1 daqiqa oʻtib, endi Idan Nahmiyas ham oʻz darvozasini ishgʻol etib qoʻydi. Birinchi boʻlim 3:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida Erling Holand jamoasining toʻrtinchi golini kiritdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, “Manchester Siti“ hujumchisining oʻzi oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob — 5:0, Norvegiya foydasiga.
Norvegiya — Isroil 5:0
Gollar: Halayli (avt. 18), Xoland (27, 63, 72 — xet-trik), Nahmiyas (avt. 28).
Norvegiya: Nyuland — Ryuerson, Ayer, Heggem, Volfe (Byorkan, 76) — Bobb (Dennum, 76), Berg (Osgor, 76), Berge, Nusa — Serlot (Larsen, 76), Xoland (Shelderup, 85).
Isroil: D. Peres — Dasa (Mizraxi, 71), Bloryan, Nahmiyas (Baltaksa, 32), Revivo — E. Peres, Glux (Turgeman, 87) — Biton (Baribo, 71), Abu-Fani (Noy, 46), Solomon — Halayli.
Portugaliyadan qiyin gʻalaba
“F” guruhining 3-turidan oʻrin olgan bahsda Portugaliya terma jamoasi oʻz maydonida Irlandiya bilan kuch sinashdi.
Taʼkidlash kerakki, dastlabki 2 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etayotgan Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi jamoa bu gal jiddiy qiynaldi.
Uchrashuvning asosiy daqiqalarida hisob ochilmadi. 75-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan gol kirita olmadi — uning zarbasini Irlandiya posboni Kaymin Kelleher qaytardi.
Lekin uchrashuvning 90+1 daqiqasida Ruben Nevesh gʻalaba golini urdi. Shu tariqa Portugaliya qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Portugaliya — Irlandiya 1:0
Gol: Nevesh (90+1).
Portugaliya: Koshta, Dalot (Trinkau, 62), Diash, Inasio (Veyga, 46), Mendesh, Nevesh, Vitinya (Semedu, 61), Neto (Leau, 61), Fernandesh (Ramush, 86), Silva, Ronaldu.
Irlandiya: Kelleher, OʻBreyn, Kollins, OʻShea, Koleman (Egan, 86), Kullen, Molumbi, Manning, Ebosele (Jonston, 74), Ogbene (Smolbon, 77), Fergyuson (Parrot, 78).
Ispaniya gʻalabali seriyasini davom ettirdi
Dastlabki ikki turni Turkiya va Bolgariyaga qarshi oʻtkazgan Ispaniya terma jamoasi 9 ta gol kiritishdan tashqari oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolishni ham uddalab kelayotgandi. Bu gal Gruziyaga qarshi bahsda ham Luis De Fuente jamoasi oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazmagan holda gʻalaba qozondi.
Oʻyinda hisob 24-daqiqada Yeremi Pino tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi. Ikkinchi boʻlimning 64-daqiqasida Mikel Oyarzabal hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Oʻyin 2:0 hisobi bilan “qizil furiya“ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ispaniya — Gruziya 2:0
Gollar: Pino (24), Oyarzabal (64).
Ispaniya: Simon, Porro (Lyorente, 75), Norman, Kubarsi, Kukurelya, Merino, Subimendi (Garsiya, 81), Pedri (Barrios, 74), Torres, Oyarzabal (Iglesias, 65), Pino (Bayena, 64).
Gruziya: Mamardashvili, Kakabadze (Azarovi, 80), Goglichidze, Kashia, Dvali, Gocholeishvili, Kiteishvili (Gognidze, 69), Kochorashvili, Mekvabishvili (Mamuchashvili, 86), Mikautadze (Kvernadze, 69), Kvarasxeliya (Davitashvili, 69).
Italiyadan ishonchli gʻalaba
“I” guruhida Norvegiya terma jamoasini izma-iz taʼqib etib kelayotgan Italiya jamoasi bu safar Estoniyadan gʻalaba bilan qaytishni uddaladi.
Oʻyinda hisob 4-daqiqada Moyze Kin tomonidan ochildi. 38-daqiqada A Seriyaning amaldagi toʻpurari Mateo Retegi Italiyaning ikkinchi golini kiritdi. Birinchi boʻlim 2:0 hisobi bilan yakunlandi.
74-daqiqada Fransisko Espozito jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 2 daqiqa oʻtib, Estoniya terma jamoasi oʻyindagi ilk va yagona golini kiritdi. Yakuniy hisob — 1:3, Jennaro Gattuzo jamoasi foydasiga.
Estoniya — Italiya 1:3
Gollar: Sappinen (76) — Kin (4), Retegi (38), Espozito (74).
Estoniya: Heyn, Peyetson, Pakotsi, Kusk (Mes, 62), Salitse (Sinyavskiy, 46), Palumayets (Larsen, 46), Soomets, Kayt, Sheyn, Saarma, Tamm (Sappinen, 62).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bastoni, Kalafiori, Orsolini (Kombiyaso, 62), Barella (Frattezi, 77), Tonali, Dimarko, Kin (Espozito, 15), Raspadori (Spinassola, 62), Retegi (Kristante, 77).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring