Tramp: AQSH Xitoy tovarlariga 100 foiz boj joriy etadi

AQSH 1-noyabrdan yoki undan oldin Xitoydan keladigan tovarlarga boj toʻlovlarini 100 foizga oshiradi va eksport nazorati choralarini joriy etadi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.
Trampning taʼkidlashicha, bu qaror Xitoyning “oʻta tajovuzkor pozitsiyasi”ga javob sifatida qabul qilingan. Uning soʻzlariga koʻra, Pekin “deyarli barcha mahsulotlarga eksport nazoratini qoʻllamoqchi”.
“Bu — yillar oldin ishlab chiqilgan rejaning bir qismi”, — dedi Tramp.
Shu bois AQSH 1-noyabrdan yoki Xitoyning harakatlariga qarab undan oldin, Xitoyga nisbatan amal qilayotgan bojlarni ikki baravar oshiradi va barcha muhim dasturiy taʼminot turlariga nisbatan eksport nazorati choralarini joriy etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring